Sho‘rtangazkimyoning shijoatli xotin-qizlari

25.08.2022, 16:44

Sho‘rtangazkimyoning shijoatli xotin-qizlari

“Sho‘rtangazkimyo” majmuasi boshlang‘ich partiya tashkiloti tashabbusi bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “ShGKMning shijoatli xotin-qizlari forumi - 2022” bo‘lib o‘tdi. Shahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida tashkil etilgan anjumanda “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi Bosh direktori, O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi Shuhrat Aslanov barcha ishtirokchilarni istiqlol shodiyonasi bilan qutladi.   

Shundan so‘ng Prezidentimizning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi, partiya Saylovoldi platformasida belgilangan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, salomatligini muhofaza qilish, oilalarni mustahkamlash, ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” mavzuida seminar trening tashkil etildi.

- Quyi bo‘g‘inimiz tashkilotchiligida jamiyatimizda mehnat qilayotgan opa-singillarimizning salomatligini muhofaza qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi dasturga asosan ma’naviy-ma’rifiy va sport sog‘lomlashtirish muntazam ravishda tashkil etilmoqda, - deydi “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi Xurshid Berdiyev. - Ularning dam olish soatlarini tashkil etish mazmunli tashkil etish maqsadida mamlakatimizning muqaddas qadamjolari va qadimiy shaharlariga sayohatlar uyushtirilmoqda. Xotin-qizlarning qo‘shimcha kasb bilan shug‘ullanishlarini rag‘batlantirish uchun ular o‘rtasida milliy kashtachilik, zardo‘zlik, amaliy san’at, gul parvarishi, issiqxona xo‘jaligi va parrandachilikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etayapmiz.  Deputatlar va huquqshunoslar ishtirokidagi tadbirlarda mehnatga oid amaldagi va yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini ayollar o‘rtasida keng targ‘ib qilinmoqda. 

Tadbir jarayonida xotin-qizlar o‘rtasida sportning suv polosi, voleybol, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari va darts bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Viloyat musiqali drama teatri jamoasining “To‘ydan oldin  tomosha” musiqali spektakli namoyish etildi.

 Forum doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari hamda  mehmonlar Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    439
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+