Amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

29.08.2022, 16:24

Amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi chora-tadbirlar ustidan hududda partiyaning ta’sirchan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida tegishli manfaatdor tashkilotlarning axborotini eshitish rejalashtirilgan.

Fraksiyaning navbatdagi majlisida tegishli vazirlik va idoralardan mas’ullar, ZOOM platformasi orqali deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi, Jo‘qorg‘i Kengesdagi O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Sh.O’temisov boshqarib borgan tadbirda davlatimiz rahbarining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O’zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan dastlab O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i J.Besinbayevning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, strategiyani amalga oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida Nukus shahri, Bo‘zatov va Taxiatosh tumanlarida barcha tarmoqlarni raqamlashtirish bo‘yicha 84 ta loyiha belgilangan. Hozirgi kunda shundan 81 tasi amalga oshirildi. Qolgan 3 tasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, “Bir million dasturchi” loyihasida hududdan jami 131 ming 105 nafardan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tib, 65,4 ming nafardan ortig‘i sertifikatga ega bo‘ldi. Shu bilan birga loyiha doirasida mamlakatimiz miqyosida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 22 ta umumta’lim maktabining informatika o‘qituvchisi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hisobotida aytilishicha, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsiya markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot sistemasi”ning mobil qo‘llanmasi ishlab chiqilib, sinov tarzida ishga tushirilgan. Vazirlik tasarrufidagi 436 ta tashkilotdan 429 tasi internet tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, 7 ta tashkilotda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash hamda Xalq ta’limi vazirliklari mas’ul xodimlarining ham ma’ruzalari tinglandi.

Deputatlar kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildir.

  • Ko'rildi
    161
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+