Deputatlik guruhlarida: Aholi banklar faoliyatidan rozimi?

30.08.2022, 16:40

Deputatlik guruhlarida: Aholi banklar faoliyatidan rozimi?

Xalq deputatlari Norin tuman Kengashi O’zLiDeP deputatlik guruxi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda gurux raxbari I.Raxmanov dastlab deputatlarning joriy yil o‘tgan olti oy mobaynidagi  faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Deputat Sh.Dastamov, B.Yuldashevlar  amalga oshirilayotgan ishlarni OAVlarida izchil yoritib borish, Z. Kenjayev fuqarolardan tushayotgang murojaatlar xususan, maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tiborni qaratdilar.

Yig‘ilishda, shuningdek,“Agrobank” tuman filiali bo‘lim boshlig‘i Alijon Abdullayevning hisoboti tinglandi. Ta’kidlab o‘tildiki, bank filiali bo‘limi tomonidan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”da turuvchi axoliga biznesini boshlashi uchun va boshqa maqsadlarga 242 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilganligi, bu mablag‘larni 57 ta MFY dagi xokim yordamchilari tavsiyasiga asosan berish tartibi yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi.

“Xalq banki” tuman filiali bo‘lim boshlig‘i Sayyora Badalovaning hisobotida esa “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, va “Yoshlar daftari”da turuvchi 576 nafar fuqaroga 11 mlrd 949 mln so‘m, yuridik shaxslar uchun dastur doirasida 1 mlrd 100 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilganligi va bundan tashqari nogironligi bo‘lgan shaxslarga dori -darmonlar yetkazib berilganligi, “Xo‘jaobod” MFYda yangi poliklinika qurilishi loyihasi “Ochiq  budjet”ga qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda har ikki bank filiallari tomonidan mahallalarda aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ijobiy ishlar e’tirof etilgani holda ularga bu borada yo‘l qo‘yilgan ayrim  kamchiliklar, qog‘ozbozliklar, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar ham berildi.

  • Ko'rildi
    150
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+