Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat

05.09.2022, 11:44

Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat

Mustaqillik bayrami eng ulug‘ va eng aziz bayramlardan biridir. Erkin, obod va farovon hayot qurish yo‘lidagi barcha muvaffaqiyatlarimiz aynan istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan. Vatanimizning 31 yillik mustaqillik bayrami “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida keng nishonlanmoqda. Xususan, O’zLiDeP Andijon tuman Kengashi tomonidan “Qum ko‘cha” MFY qoshidagi partiyaning quyi bo‘g‘inida ham bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova boshchiligidagi viloyat apparat xodimlari, BPT yetakchilari, partiya faollari, yoshlar, deputatlar va uzoq yillar turli sohalarda samarali mehnat qilgan partiya faxriylari ham ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirini X.Xalilova kirish so‘zi bilan ochib, Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi. U o‘z so‘zida mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, el-yurtimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo‘lini ochib bergan sanaga, O’zbekiston davlat mustaqilligiga 31 yil to‘lganini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, bugungi kunda O’zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazishdagi faol ishtiroki uchun BPT yetakchilari va partiya faollariga, iqtidorli o‘quvchi yoshlarga tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri tuman madaniyat bo‘limining san’atkorlari va “Umid” innavatsion o‘quv markazi yoshlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

  • Ko'rildi
    925
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+