Deputatlar Sirdaryo viloyati Uy-joy kommunal boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini eshitdi

05.09.2022, 15:02

Deputatlar Sirdaryo viloyati Uy-joy kommunal boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini eshitdi

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirilgan ishlariga oid Davlat dasturida belgilangan 100 maqsad ijrosini ta’minlash borasida viloyatda qilinayotgan ishlar yuzasidan deputatlik eshituv tashkil qilindi.

Unda viloyat Uy-joy kommunal boshqarmasi boshlig‘i B.Samatov hisoboti tinglandi. Hisobotda aytilishicha, viloyat hududidagi 3 ta shahar va 8 ta tumanlarda jami 1833 ta ko‘p qavatli uylardan 1785 tasiga 31 ta “Boshqaruv servis kompaniyalari” va 13 tasiga 1 ta XUJMSh xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu uylarning 15 tasi 7 qavatli bo‘lib, 156 tasi 5 qavatli, 263 tasi 4 qavatli, 25 tasi 3 qavatli, va 1 374 tasi 2 qavatli uylardir. Uylarda 35 663 ta xonadonlar mavjud bo‘lsa,  124 mingdan oshiq aholi istiqomat qiladi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha viloyatda jami 21 ta MFY lar dasturga kiritilgan va dastur doirasida 30 ta inshootlarni rekonstruksiya qilish, 119.2 km tarmoq tortish ishlari rejalashtirilgan. Talab etiladigan mablag‘ 30,9 mlr.so‘mni tashkil etadi, xozirgi kunda loyiha hujjatlari tayyorlanib, ekspertizaga taqdim etilgan.

Hozirda pudratchi tashkilotlar tomonidan ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, 14 ta uyning tom qismi, 66 ta kirish yo‘laklari hamda 14 ta uylarning fasad qismlarida ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Deputatlik guruhi yig‘ilishida amalga oshirilayotgan ishlar ijbiy baholanib, shu bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham tilga olib o‘tildi. Aniqvlangan muammolarni o‘z vatida bajaralishi bo‘yicha deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+