Kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan 63 nafar xotin-qizlar va bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

06.09.2022, 16:42

Kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan 63 nafar xotin-qizlar va bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O'zLiDeP G’uzor tuman Kengashi tomonidan “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ayollar o‘rtasida tibbiy savodxonlik va tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida  “Sog‘lik – uzoq umr garovi” mavzusida xotin-qizlar o‘rtasida bepul tibbiy-ko‘rik aksiyasi tashkil etildi.

Tibbiy-ko‘rik aksiyasi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Qashqadaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Aksiyada kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan 63 nafar xotin-qizlar va bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shifokorlar o‘z tavsiyalarini berishdi. Tibbiy-ko‘rik aksiyasida aniqlanishicha ekologiyaning ifloslanganligi va ichimlik suvining yaroqsizligi tufayli xotin-qizlarda ko‘pgina kasalliklar, jumladan zob, o‘t kasalligi, surunkali kamqonlik va buyrakda tuz yig‘ilishi kabi kasalliklar kuzatilmoqda. Bu kabi kasalliklarning oldini olish maqsadida  shifokorlar UZI mutaxassisi – Quvatov Murod, terapevt Eshmirzayev Amir, va pediatr –Xujamberdiyeva Lolalar aksiyada qatnashdi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat bo‘limi shifokorlari tomonidan tibbiy-ko‘rikka kelgan xotin-qizlarga sog‘lom turmush-tarziga qattiq rioya qilish hamda kasalliklarning oldini olish buyicha kerakli tavsiyalar berilib, bepul dori-darmonlar va kuzoynaklar berildi.

Shundan, 3 nafar xotin-qizga viloyat shifoxonasida davolanishi uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, qolgan bemorlarga tuman hududida statsionar davolanish uchun tavsiyalar berildi.

Tibbiy-ko‘rik aksiyasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Bobomurod Ashurov, Munira Nurxonovalar qatnashdi. Partiyamiz, O'zLiDePdan saylangan deputatlarimiz tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan mana shunday tadbirlar albatta  o‘z samarasini beradi.

 Chekka  qishloqlarda istiqomat qilayotgan fuqorolarni bir necha yo‘nalishdagi shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, aniqlanayotgan turli kasalliklarga vaqtida davo chorasini ko‘rib borilayotgani kelajak avlodlarimizning sog‘lom bo‘lib dunyoga kelishida ko‘mak bo‘ladi.

  • Ko'rildi
    256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+