Oltinsoyda tadbirkor ayollar ko‘paymoqda

06.09.2022, 16:48

Oltinsoyda tadbirkor ayollar ko‘paymoqda

Oltinsoy tumanida ham daftarlarda ro‘yxatda turadigan ishsiz xotin-qizlarga kredit va subsidiyalar berilmoqda. Xo‘sh, ushbu mablag‘lar maqsadli sarflanayaptimi?  Ushbu savolga javob topish maqsadida O’zLiDeP Oltinsoy tumani Kengashi apparat rahbari Jamshid Xaitov va  tuman Kengashi deputati Xafiza Sherqobilovalar hududdagi “Qiziltepa” mahallasida yashovchi xotin-qizlarning xonadonlarida bo‘lib, “Ayollar daftari” orqali olgan kredit va subsidiyalardan maqsadli foydalanayotgan tadbirkorlarning faoliyatini o‘rganishdi.

Shu mahallada yashovchi Xolida Avazova tadbirkorlik qilish maqsadida 15 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit olgandi. Hozirda oilaviy kichik korxona tashkil qilib, o‘z mahallasiga sut va sut mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Tikuvchilikka qiziqishi bor Gulbahor Alimardanova ham o‘zini o‘zi band qilish uchun olgan 10 mln. so‘m kreditga tikuvchilik mashinkasi xarid qilib, mahalladoshlarining hojatini chiqarayapti.

— Men ham «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turardim, shu sabab menga ham zamonaviy tikuv mashinkasi berishdi, — deydi Zaynab Murodova. — Ilgari eski mashinkada qiynalardim, hozir esa yangi mashinkada qo‘ni-qo‘shnimning hojatini chiqayotganimdan juda xursandman. Ozmi-ko‘pmi, oilamga ham qo‘shimcha daromad olib kirayapman. Davlatimiz rahbari tomonidan bizga berilgan shunday imkoniyatdan juda mamnunman.

Ha, Oltinsoyda Zaynab opa kabi hunarini ishga solib, halol mehnat qilib, daromad topayotgan xotin-qizlar ko‘p. Muhimi, ular bugun ishlashyapti, ham oilasida, ham jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga intilayapti.

Feruza Rahmonqulova,

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    323
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+