Toshkent tumanida yoshlar yetakchilari partiya safdoshlariga aylandi

06.09.2022, 16:50

Toshkent tumanida yoshlar yetakchilari partiya safdoshlariga aylandi

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosat natijasi o‘laroq, ular o‘zlarining iqtidor va salohiyatlarini namoyon etib, orzularini ro‘yobga chiqarishga erishmoqdalar.

Partiya Toshkent tuman Kengashi ham yoshlarga oid davlat siyosatini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator ishlarni izchil amalga oshirib kelmoqda.

O’zLiDeP Toshkent tuman Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi o‘zaro hamkorligida o‘tkazilgan tadbir ham yoshlar yetakchilari faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning huquqiy, siyosiy savodxonligini yuksaltirish maqsadida tashkillashtirildi.

Tadbirda so‘z olgan partiya tuman Kengashi apparat rahbari Nuriddin Mahkamov yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda yetakchilarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.

Davlat ularning zimmasiga mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishdek ulkan mas’uliyatni yuklash bilan birga faoliyatlarida ham ko‘maklashayotgani, qo‘llab-quvvatlayotgani haqida to‘xtaldi. Xususan, yoshlar yetakchilari tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilishda hokim yordamchisi bilan hamkorlik qilishi ham ularning o‘z vazifasini bajarishda yolg‘iz tashlab qo‘yilmaganidan dalolat berishini qayd etdi.

Eng ilg‘or 100 nafar yetakchi esa bir oylik maoshga teng pul mukofoti hamda “Yangi O’zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanayotganining o‘zi ham ularning faoliyatiga berilgan yuksak baho ekanini alohida e’tirof etdi.

Partiya tuman Kengashi apparat rahbari o‘z so‘zi yakunida yoshlar yetakchilarining kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda partiya safiga kirib, uning dasturiy g‘oya va maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda o‘z xissasini qo‘shish istagini bildirgan 10 dan ortiq yetakchilarga a’zolik guvohnomalari tantanali suratda topshirildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    186
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+