Taxiatoshlik tadbirkorning 10 nafar ishchi-xodimi partiya safiga qo‘shildi

07.09.2022, 17:49

Taxiatoshlik tadbirkorning 10 nafar ishchi-xodimi partiya safiga qo‘shildi

O’zLiDeP Taxiyatosh tuman Kengashi tomonidan partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ibot qilish, safdoshlarimiz safini yanada kengaytirish, quyi bo‘g‘inlar faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.  

Taxiyatosh tumanidagi “Asiljan DENTA” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2014 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Asosan stomatologiya markazida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.  Markazda 10 ga yaqin yoshlarimiz doimiq ish bilan ta’minlangan.

Partiya faoli bilan suhbatlashar ekan, siyosiy kuch sifatida partiya faoliyati, partiyaning maqsad va vazifalari, elektoratimiz bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar fermerlarni qo‘llab-quvvatlash borasida  olib borilayotgan ishlar, tadbirkorlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar, joriy yilning 31 avgust kuni qabul qilingan Prezidentimizning PF-213-sonli Farmonining ahamiyati, bu albatta, jamiyatimizning yetakchi kuchi bo‘lgan tadbirkorlarimizga qaratilayotgan e’tibordan darak berishini alohida e’tirof etdi.

Muloqot davomida tadbirkor Q. Aymaxanova va uning ishchi xodimlarining 10 nafari partiyaga a’zolikka qabul qilindi va markaz qoshidan yangidan BPT ochishga kelishib olindi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    257
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+