Deputatlik eshituvi: Xorazmda aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatish va avtomobil yo‘llarining holati tahlil qilindi

07.09.2022, 18:01

Deputatlik eshituvi: Xorazmda aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatish va avtomobil yo‘llarining holati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat, Urganch shahar Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi o‘tkazildi. Unda deputatlar tomonidan Xorazm viloyat transport boshqarmasi boshlig‘ining viloyatda sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti hamda Xorazm viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi rahbarining viloyatda sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Joriy yilda avtotransport sohasini rivojlantirish hamda aholini sifatli transport xizmati bilan ta’minlash maqsadida viloyatda qator ishlar amalga oshrildi. Xususan, tuman-shaharlarda jami 33 ta mikroavtobuslar sotib olinib, Urganch-Xiva, Urganch-Shovot va Xiva-Xazorasp yo‘nalishlariga qatnov yo‘lga qo‘yildi.

Qilingan ishlar bilan birga hali yechimini kutayotgan muammolar va rejalar ham bisyor. Viloyat transport boshqarmasi tomonidan
2022-2026 yillar uchun dastur ishlab chiqildi. Bunda 2026 yilga qadar viloyatda 61 ta avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan. 18 ta yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish, 100 dona oraliq avtobus bekatlarini qurish va 53 dona oraliq avtobus bekatlarini rekonstruksiya qilish, 48 ta yangi avtobus sotib olish, 26 ta mikroavtobus xarid qilish,  Qo‘shko‘pir tumanida 1 ta avtostansiya qurish, Gurlan tuman, Xazorasp tuman va Urganch shahar bo‘yicha 3 ta avtostansiya rekonstruksiya qilish parametrlari belgilangan. Bularning barchasi xalqimizga va yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish va uzog‘ini yaqin qilishga qaratilgan.

Deputatlar tomonidan aqilli bekatlar yo‘l yuzasiga qurilgani va ular yo‘lovchiga emas tadbirkorlarga xizmat qilayotgani, boshqacha aytganda do‘kon yoki oshxona vazifasiga o‘tib qolgani tanqid qilindi. Bu bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, sohaga IT texnalogiyalarini joriy qilish, avtobuslar qatnov jadvalining mobil ilovasini yaratish borasidagi takliflar ham o‘rtaga tashlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Xorazm viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi boshlig‘ining ham axboroti tinglandi.

Bugungi kunda viloyatda avtomobil yo‘llarining uzunligi 9018 kmni tashkil qiladi. Ushbu avtomobil’ yo‘llarini 2022 yil 1 yanvar holatiga jami 5 162,1 km qismi (63 %) ta’mirtalab holatda bo‘lgan. Bundan tashqari jami 1611 ta ko‘prik mavjud. Ushbu ko‘priklarni jami 1 106 donasi ta’mirtalab, buning
247 donasi yaroqsiz xolatga kelib qolgan.

Joriy yilda viloyat hududida umumiy foydalanishdagi hamda ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llarida  joylashgan 63 dona temir-beton ko‘piklarni qayta qurish, mukammal ta’mirlash va joriy ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi 18 dona ko‘priklarni joriy ta’mirlash ishlari bajarilib qolgan ko‘priklarda ham tamirlash ishlari davom etmoqda..

Yig‘ilish davomida mutasaddiga deputatlar tomonidan sohaga oid ko‘plab savollar berildi. Taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mutasaddining hisobotini qoniqarli deb topgan deputatlar, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Nasiba Vaisova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar

va mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    276
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+