Angrenlik tadbirkorlar yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishmoqda

08.09.2022, 16:57

Angrenlik tadbirkorlar yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishmoqda

Bugun inson qadri ulug‘lanayotgan yurtimizda tadbirkorlar ham munosib taqdirlanishmoqda. Mehnatlari e’tirof etilib, mavqelari mustahkamlanmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qaroriga ko‘ra, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etilgani ham fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi.

Qulay tadbirkorlik muhiti va erkin raqobat sharoitida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarimiz bugun davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va imtityozlardan unumli foydalanib, o‘zlarining faoliyatlarini yanada kengaytirishmoqda. Daromadlarini ko‘tarishmoqda. Buning ortidan, hudud aholisining ish bilan bandligini ta’minlash ishiga ham munosib xissa qo‘shishmoqda. Natijada, aholining moddiy farovonligi tobora ortmoqda.

Angren shahridagi purviqor tog‘lar orasida joylashgan “Yangiobod” sanatoriyasida partiya shahar Kengashi tashabbuskorligida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda ham mana shunday fidoyi tadbirkorlar munosib taqdirlanishdi.

Jonajon O’zbekistonimiz davlat Mustaqilligining 31 yillik to‘yi hamda 300 o‘ringa mo‘ljallangan sihatgohning 1 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ham taklif qilindi.

Tadbirda so‘z olgan partiya shahar Kengashi apparat rahbari Mukadam Narbayeva tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanash, ularning mehnatlarini munosib taqdirlashda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi. Xususiy sektorning qo‘llab-quvvatlanayotgani natijasi o‘laroq, mana shunday sihatgohlar barpo etilib, xalqimiz salomatligi yo‘lida xizmat qilayotganini alohida e’tirof etdi. Sanatoriy rahbari, xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi partiya deputati Abduqodir Begmatovning nafaqat, shahar va balki respublikamiz iqtisodiyoti rivojida o‘z o‘rni borligini ta’kidladi.

Sihatgohda faoliyat yuritayotgan barcha shifokor va hamshiralar, ishchi-xodimlar xalqimiz sog‘ligini saqlashda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishdek partiyaning hayotbaxsh g‘oya va dasturlarini amalga oshirishda kamarbastalik bilan xizmat ko‘rsatishayotganini qayd etdi.

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan Abduqodir Begmatov ham mamlakatda tibbiy xizmat sifatini oshirish, bu borada xususiy sektorning rolini kuchaytirishda olib borilayotgan islohotlar ko‘lami haqida o‘z fikrlarini bayon etdi. Yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanib, xalqimiz sog‘ligini asrash va tiklashga xizmat qilayotganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirdi.

Tadbirda sihatgohning bosh shifokori, partiya faoli Inobat Igamberdiyeva, bosh shifokor o‘rinbosari Mansur Sapashov, sanatoriya direktori D.Abdumannabovalar ham partiya Toshkent viloyat Kengashining Tashakkurnomalari va bir guruh tibbiyot xodimlari esa partiya Angren shahar Kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir so‘nggida dam oluvchilar o‘rtasida  turli xil ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar sihatgoh ma’muriyatining sanatoriyga imtiyozli yo‘llanma, pul mukofotlari, guldastalar ko‘rinishidagi sovg‘alariga ega bo‘lishdi.

Bayram tadbiri Angren shahrining taniqli san’atkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy qismida Ona Vatan, Mustaqillik, yoshlikni tarannum etgan kuy-qo‘shiqlari ishtirokchilar va dam oluvchilarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    232
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+