Elektorat manfaatiga mos “yo‘l xaritasi”
08.09.2022, 17:29

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda hududiy partiya tashkilotlari mutasaddilari ishtirokidagi kengaytirilgan yig‘ilishda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvi yakunlaridan kelib chiquvchi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama etilib, bu boradagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilingandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “Ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan bir nechta yo‘nalishlar partiyaviy maqsadlarga hamohangligi bilan diqqatga sazovor.
Masalan, tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish va ularni qo‘llabquvvatlash bo‘yicha manzilli ishlashni olasizmi yoki ishbilarmonlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratishni olasizmi – barchasi O‘zLiDeP elektorati manfaatlariga mos keladi. Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun yetarli shartsharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish, molmulkni haqiqiy bozor aktiviga aylantirish, biznes sub’ektlarini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortishni erkinlashtirish mexanizmlari aniq belgilab berilgani partiyadoshlarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi.
Shu munosabat bilan kuni kecha yuqoridagi muhim qarorda belgilangan vazifalarni atroflicha o‘rganish maqsadida O‘zLiDePning hududiy va tuman (shahar) kengashlari xodimlari, mahalliy kengashlar deputatlari va BPT raislari uchun tashkil etilgan o‘quvseminarning birinchi bosqichi o‘tkazildi.
Unda ushbu hujjatda qayd etilgan yo‘nalishlarni O’zbekiston Liberaldemokratik partiyasi tomonidan amalga oshirish yuzasidan hamda hududiy partiya tashkilotlarining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejalariga kiritiladigan vazifalar va tavsiyalar haqida ma’lumot berildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralarning mutasaddilari bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi a’zolari ham ishtirok etdilar. Jumladan, “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi, TEAM universitetining ta’sischi aksiyadori Zafar Hoshimovning taklif va tavsiyalari keng muhokama qilindi.
Hududiy kengashlardagi deputatlarimizning e’tirofiga ko‘ra, har bir viloyatda “Tadbirkorlar xiyoboni”ni barpo qilish, unda “Farovonlik bunyodkorlari” deb nomlanuvchi ko‘rgazmalarning namoyish qilinishi, “O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” unvonining ta’sis etilishi va boshqa qator o‘zgarishlar, yaratilayotgan imkoniyatlaru berilayotgan imtiyozlar partiya elektoratiga yangi qanot bag‘ishlaydi.
Ushbu o‘quvseminarning navbatdagi bosqichlari “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “Ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan vazifalar ijrosi hamda Tadbirkorlik kodeksi loyihasining muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Nasimjon ALIMOV,
O‘zLiDeP Siyosiy ta’lim markazi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
Murojaatnoma targ‘iboti kengaymoqda
20.01.2023, 09:45
-
Ta’lim sifatini oshirish masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi
11.01.2023, 16:31
Fikringizni qoldiring