Beruniylik deputat o‘z saylovchilariga Prezident farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi

12.09.2022, 16:18

Beruniylik deputat o‘z saylovchilariga Prezident farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O’zLiDeP  deputatlik guruhi a’zosi L.Xojaniyazova “Sarkop” ovul fuqarolar yig‘inida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda xalq vakili dastlab Prezidentimizning “Qoraqalpog‘iston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  Farmonining mazmun-mohiyati, 6 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ahamiyatini o‘z saylovchilariga tushuntirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida saylovchilarning ham muammolari tinglandi. Ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish borasida xalq vakili deputatlik vakolati doirasida deputatlik so‘rovini yuborishga va nazoratga olishga kelishib olindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    145
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+