Prezidentimizning maqolasida bildirilgan fikrlar partiya faollariga tushuntirib o‘tildi

12.09.2022, 16:28

Prezidentimizning maqolasida bildirilgan fikrlar partiya faollariga tushuntirib o‘tildi

O`zliDeP Samarqand shahar Kengashi tomonidan Samarqand shahridagi 45-sonli umumta’lim maktabida ustoz murabbiy va o‘qituvchilar ishtirokida “Yangi O’zbekiston va Uchinchi Renessans” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbatda O`zliDeP Samarqand shahar Kengashi apparat rahbari F.G’aybullayev tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik" sarlavhali maqolasida bildirib o‘tilgan fikrlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi. Davlat rahbarining qayd etishicha, Samarqand shahri jahonning 14 ta mamlakati yetakchilarini ShHTning va unga a’zo har bir davlatning farovonligi va ravnaqiga xizmat qiladigan yangi va ilg‘or taklif hamda tashabbuslari bilan kutib olishga tayyor.

Shuningdek, Prezident ushbu afsonaviy shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muvaffaqiyatning yana bir sahifasini ochishiga shubha yo‘qligini ta’kidlagan.

«Azal-azaldan Samarqand turli g‘oya va bilimlar ‘qaynaganʼ makon bo‘lib, bu maskanda insoniyatning tinch va farovon yashash, o‘z kuch va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, baxtli hayot kechirish kabi mushtarak maqsadlari mujassam bo‘lgan. Bu tabarruk zaminda yashaydigan har bir odam, yaxshi qo‘shni – bu Xudo insonga ato etgan baxtning bir bo‘lagi ekanini, tinch-totuv qo‘shnichilik esa barakot manbai ekanini chuqur anglagan. Zero, hamkorlik, savdo, ijod, ilm-fan va san’at, insoniy g‘oyalar ustuvor bo‘lgan joyda ezguliklar ko‘payadi, xalqlar farovon va o‘zaro ahil yashaydi», — deyiladi maqolada.

Shuni alohida qayd etish lozim, Samarqandda ShHT hayotining yangi bosqichi boshlanishiga guvoh bo‘lamiz – tashkilotning tarkibi kengayib, uning kelajak kun tartibi shakllanadi va bunda chuqur ramziy ma’no mujassam.

Ishonchimiz komilki, Shanxay hamkorlik tashkilotining bo‘lajak sammitida qabul qilinadigan qarorlar mintaqaviy darajada ham, global miqyosda ham muloqot, o‘zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi, — deb yakunlangan maqola.

Muloqot o‘zaro savol-javoblar va fikrlarga boy tarzda davom etdi.

  • Ko'rildi
    314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+