Yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash masalasi muhokma qilindi

13.09.2022, 16:01

Yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash masalasi muhokma qilindi

Baxmal tumanidagi 1-sonli Kasb-hunar maktabida O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan “Yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashda O’zLiDePning o‘rni va roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida mamlakatda masofaviy mehnat shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalari bitiruvchilari va yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun sharoitlar yaratish hamda qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning har tomonlama yetuk malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarini ta’minlash to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Joylardagi ishsiz yoshlar bilan alohida ish olib borish uchun Taraqqiyot strategiyasida har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish maqsadi ham qo‘yilgan bo‘lib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish, kasbiy ta’lim bilan tizimli ravishda shug‘ullanish masalalarini to‘liq ravishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ixtiyoriga o‘tkazish, umumta’lim maktablarining kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarini davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish kabi vazifalar belgilangan.

Muloqot davomida hudud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashda deputatlarning, maslakdoshlarimizning faolligini yanada oshirish, hamkor tashkilotlar bilan uzviy aloqalarni rivojlantirish, mehnat bozorida talab qilinayotgan mutaxassisliklarga yigit-qizlarni o‘qitish yuzasidan ko‘plab taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi.  Ularni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+