Deputat ikki nafar ishsiz yoshlarga tadbirkorlik qilishlari uchun ko‘maklashdi

13.09.2022, 16:10

Deputat ikki nafar ishsiz yoshlarga tadbirkorlik qilishlari uchun ko‘maklashdi

Bugun deputatlar o‘z saylovchilar muammolarini o‘rganib, ularning yechimiga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. Deputatga qilingan har bir murojaat imkon qadar o‘z vaqtida hal qilinishiga erishilyapti.

Xususan, O’zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Baxodir Ziyovuddinovga “Diyor” mahallasida yashovchi “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi fuqarolardan murojaat kelib tushdi.  Ushbu mahallada istiqomat qilayotgan Yoqubjon va Fazliddinlar kasb-hunar egasi bo‘lsada, lekin faoliyatini boshlashlari uchun zarur jixoz va uskunalar sotib olishga imkoni yo‘q edi.

Deputat ushbu yoshlarning o‘z maqsadlariga erishish uchun kerakli uskunalar bilan ta’minlab berishdi.

 Ikkala yoshlar o‘z mahallasida tadbirkorligini boshlaydigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+