Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatildi

14.09.2022, 18:01

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatildi

Yurtimizda aholi salomatligini yanada yaxshilash, ayniqsa, xotin-qizlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida joylarda o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarning ahamiyati kattadir.

O’zLiDeP Romitan tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi hamda  “Sog‘lom avlod uchun” XXJF viloyat bo‘limi hamkorligi bilan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Hazorbog‘” oilaviy shifokorlik punktida mazkur loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir davomida “Temir”, “Ayollar” daftarida ro‘yxatida turgan  30 ta oila a’zolaridan 61 nafari, jumladan, 35 nafar xotin-qizlar, 12 nafar (nogiron erkaklar), 14 nafar bolajonlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, terapevt, lor, okulist va boshqa xastaliklarni davolovchi malakali shifokorlar qabulida bo‘ldilar. UZI apparatidan o‘tkazilib, mutaxassis vrachlarning tegishli maslahat hamda tavsiyalarni, tibbiy muolajalarni oldilar. Tibbiy ko‘rik davomida ularga 8,5 mln.ga yaqin 12 turdagi dori-darmonlar tarqatildi.

O’zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasidagi istiqbolli tadbirlarning amaliy samarasi  natijasida shu kuni ishtirokchilar partiyaning dasturiy maqsad va rejalari, ayniqsa ushbu siyosiy tuzilmaning aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish bilan bog‘liq ustuvor vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.

  • Ko'rildi
    211
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+