Deputat o‘n nafar ayolni ish bilan ta’minladi

15.09.2022, 12:27

Deputat o‘n nafar ayolni ish bilan ta’minladi

Xalq deputatlari Qarshi tuman kengashi deputati Mashhura Hayitova “Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida o‘n nafar xotin-qizni ish bilan ta’minladi. O’zLiDeP faoli tashabbusi va tashkilotchiligida  3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, 1978 yil qurilgan, bugungi kunda tashlandiq bo‘lib yotgan bino kapital ta’mirlanib, yangi bolalar bog‘chasi tashkil  etildi. Endilikda tumandagi  “Aristokrat” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi 100 nafar jajji o‘g‘il-qizlarni o‘z bag‘riga oldi.

- Quyi  Beshkent mahallasida yashovchi saylovchilarim bo‘lgan yosh onalar menga murojaat etishib, mahallada bolalar bog‘chasi yo‘qligi bois ko‘pchilik xotin-qizlar ishlolmay uyda o‘tirganliklarini, farzandlari uchun  bog‘cha tashkil etishda amaliy yordam berishimni so‘rashgandi, - deydi “Aristokrat” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi, deputat Mashhura Hayitova. - Tuman hokimligiga tashlandiq bo‘lib yotgan binoni davlat xususiy sherikchilik  asosida ta’mirlab, bog‘cha tashkil etish yuzasidan deputatlik so‘rovi bilan chiqqanimdan so‘ng, ishlar boshlanib ketdi. Istiqlol shodiyonasi mahallamiz xotin-qizlar uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi desam ishonavering. Ularning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib,  bog‘cha tashkil etish uchun yelib-yugurganlarim, chekkan zahmatlarim bir zumda unut bo‘ldi. Yangi O’zbekistonimiz egalari bo‘lgan yosh avlodning barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishlari uchun mehnat qilayotganimdan cheksiz faxrlanaman.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat va Qarshi tuman kengashlari hamkorligida tashkil etilgan bog‘chaning ochilish tantanasida so‘zga chiqqan partiya deputatlari va xotin-qizlar yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, xalqimizning turmush farovonligini oshirish, mustaqil davlatimizda navqiron avlod istiqboli yo‘lida qilinayotgan ulug‘vor ishlar haqida so‘zladilar.  

Feruza MUSTAYEVA,

O’zLiDeP Qarshi tuman kengashi raisi o‘rinbosari,

apparat rahbari. 

  • Ko'rildi
    374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+