Qoraqalpog‘istonda mahalla raislarining ko‘pchiligi O’zLiDeP safiga qo‘shildi
15.09.2022, 12:29

Mamlakatimizda keyingi yillari mahalla tizimi faoliyatini rivojlantirish, uni odamlarning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaqindan biladigan tuzilmaga aylantirish borasida tub islohotlar amalga oshirildi.
Ta’kidlash lozimki, o‘tgan qisqa davr mobaynida sohaning tashkiliy-huquqiy asoslari yanada mustahkamlanib, oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tizimga yangi ish uslublarini keng tatbiq etish, mahalla tizimiga aholi muammolari bilan ishlash uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, bir so‘z bilan aytganda, ushbu noyob institut tom ma’noda jamiyatning milliy boshqaruv idorasi bo‘lishi uchun unga yaqindan ko‘maklashish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 424 ta mahallalardagi mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlari raislari faoliyat olib bormoqda.
Mahalla raisi islohotchi sifatida mahalla obodligi, aholi tinchligi, mahallaning rivojlanishida o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mavjud 424 ta mahallalardagi mahalla raislari bilan birgalikda tizimli ishlashni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu mahalla raislaridan 152 nafari O‘zLiDeP safiga qo‘shildi. Hozirgi kunda joylarda mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlari raislarini a’zolikka qabul qilish ishlari olib borilmoqda.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasi Bosh qomusimizda belgilanmoqda
28.03.2023, 12:43
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
Fikringizni qoldiring