Urganch shahrida o‘tkazilgan deputatlar va tadbirkorlar muloqotida 5 ta murojaat joyida hal qilindi

15.09.2022, 16:12

Urganch shahrida o‘tkazilgan deputatlar va tadbirkorlar muloqotida 5 ta murojaat joyida hal qilindi

Urganch shahrida “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi bo‘lib o‘tdi, ushbu tadbirda xalq deputatlari Xorazm viloyat hamda Urganch shahar Kengashlaridagi O'zLiDeP deputatlik guruhi azolari, Savdo sanoat palatasining tadbirkorlikka ko‘maklashish shahar markazi, shahar Davlat xizmatlari markazi, Soliq inspeksiyasi, tijorat banklari hamda Urganch shahar “Jambul”, “Binokor”, “Obihayot” mahallalari hokim yordamchilari, Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, “Ekotrans” MChJ vakillari, hududda faoliyat olib borayotgan kichik biznes vakillari, oilaviy va xususiy tadbirkorlar, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish ishtiyoqida bo‘lgan yoshlar, xotin-qizlar kishi ishtirok etdi.

- Bugungi kunda xalq deputatlari Urganch shahar Kengashida 15 nafar O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib bormoqda, - deydi xalq deputatlari shahar Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Doniyorbek Jumaniyazov. - Mazkur loyiha doirasida avvalambor kichik va o‘rta biznes vakillari, tadbirkorlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda deputatlar bilan o‘zaro muloqot maydonini yaratib, birgalikda rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolarni hal qilish niyatidamiz.

 Darhaqiqat, bu safargi muloqotda ham tadbirkorlar bir qancha muammoli masalalarni o‘rtaga tashladilar. Hamkor tashkilotlar vakillari, deputatlar, murojaatchilar bilan birgalikda ushbu muammolarni batafsil o‘rganib chiqib, ularni bartaraf etishga harakat qildilar. Ahamiyatlisi, muloqot doirasida 9 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi. Ularning 5 tasi hamkor tashkilot vakillari bilan hamkorlikda shu yerning o‘zida ijobiy hal qilindi.

4 ta murojaat deputatlar nazoratiga olinadigan bo‘ldi. Jumladan, Qandolat maxsulotlari ishlab chiqarish hamda Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida katta miqdorda bank krediti olish garov masalalari bo‘yicha Sobirova Anaxon, shuningdek non va non mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgan yakka tadbirkor Azamat Ro‘ziboyev o‘z faoliyatini kengaytrish, yangi ish o‘rinlari ochish niyatida ekanligini aytib amaliy yordam so‘radi. Mazkur murojaat atroflicha muhokama qilinib, ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi.

Shuningdek, “Binokor” mahallasida yashovchi Abdullayeva Zumrad yurak kasalligi va ko‘zini operatsiya qilish uchun moddiy yordam so‘rab qilgan murojaati atroflicha o‘rganilib, Z.Abdullayevaning oilasi “Temir” daftarga kiritilib bepul order asosida davolanadigan bo‘ldi. Bundan tashqari “Obihayot” mahallasida yashovchi Sobirova Bikajon nogiron ukalarini davolatishda ushbu muloqotda ishtirok etib, 2 nafar ukasini davolashda amaliy yordam so‘radi. Murojaat o‘rganib chiqilib, shahar mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘ ajratiladigan hamda shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan bepul dori-darmonlar bilan taminlanadigan bo‘ldi.

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikrlar, takliflar umumlashtirildi. Murojaatlar barchasi deputatlar nazoratiga olinadigan bo‘ldi.

Umid Nurmetov,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    576
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+