Ishchi guruh faoliyati: Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

16.09.2022, 09:48

Ishchi guruh faoliyati: Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Markaziy bank, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi hamda Budjet va iktisodiy islohotlar qo‘mitasi rahbarlari va a’zolari ishtirokida Ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Dasturda 2022 yil davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyatsiya darajasini bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish maqsadida inflyatsiyaning monetar omillarini pasaytirish hisobiga doimiy inflyatsion maqsadga (target) erishish bo‘yicha choralar ko‘rish belgilangan. Bu borada partiya va fraksiya a’zolari ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarning hisobotlarini eshitib kelmoqda.

Bu borada qator ustuvor vazifalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Xususan,

- qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish, shu jumladan, pul-bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha 2-3 foizlik real ijobiy foiz stavkalari shakllanishini ta’minlash;

- Markaziy bankning pul-kredit instrumentlarining inflyatsiyaning monetar omillariga ta’sirini kuchaytirish;

- iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarni pasaytirishga qaratilgan kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish qayd etilgan.

Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamenti direktori Nodirbek Achilov sohada olib borilayotgan tizimli islohotlar yuzasidan taqdimot qildi.

Banklararo pul bozorida 2022 yilning yanvar-avgust oylarida jami 92,8 trln so‘mlik operatsiyalar amalaga oshirilib, avgust oyida o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 14,6 foizni (real hisobda 2,0 foizni) tashkil etdi.

Shuningdek, banklararo pul bozoridagi overnayt depozitlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari indeksi (“UZONIA”) avgust oyida 14,5 foizga teng bo‘ldi va asosiy stavkaga yaqin foiz koridori doirasida shakllandi.

2022 yilning avgust oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya darajasi 12,3 foizni tashkil qildi. Kelgusida inflyatsiya darajasini pasaytirish maqsadida Markaziy bank tomonidan narxlarga monetar omillar ta’sirini minimallashtirish bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlaridan samarali foydalanib boriladi.

Ishchi guruhi tomonidan kelgusida Dastur ijrosi yuzasidan tizimli jamoatchilik va deputatlik nazorati olib borishga kelishib olindi.

G'ayrat Turg'unov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

mas’ul xodimi, ishchi guruh a’zosi.

  • Ko'rildi
    577
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+