Navoiylik talaba yoshlarga Prezidentimizning maqolasi mazmun-mohiyati tushuntirib berildi

16.09.2022, 16:36

Navoiylik talaba yoshlarga Prezidentimizning maqolasi mazmun-mohiyati tushuntirib berildi

Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti tomonidan “O’zLiDePning Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti Chet tillar fakul’tetitida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik" sarlavhali maqolasida bildirib o‘tilgan fikrlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

Tadbir yakunida faol yoshlar O’zLiDePning istiqbolli kadrlar zahirasiga olindi. Shuningdek partiya maqsad va g‘oyalariga o‘z xayrihoxligini bildirgan 27 nafar talaba yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi.

A.Uzoqov,

O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    330
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+