Samarqand sammiti: birdamlik yo‘lidagi muhim tashabbuslar

19.09.2022, 17:19

Samarqand sammiti: birdamlik yo‘lidagi muhim tashabbuslar

Ko‘hna Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHTning navbatdagi sammiti tarixiy qarorlar qabul qilinadigan maydonga aylandi. E’tirof etish joizki, bu dunyodagi eng yirik mintaqaviy tuzilmaning asosiy anjumani – yangi takliflar muhokamasi, tashkilotning kelgusi rivojlanish strategiyasi belgilab olingan tarixiy sammit bo‘ldi.

Dunyoning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan qurolli mojarolar, global iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolarning chuqurlashishi, yer yuzining aksariyat qismini qamrab olgan pandemiya oqibatlari keyingi yillarda dunyoni o‘zgartirdi, murakkablashtirdi. Davlatlar bir-birini tushunishga,  o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga, hamjihat bo‘lishga unday oldi.

Prezidentimizning ShHT sammitidagi nutqi bilan tanishar ekanmiz, O’zbekiston ShHTga raislik qilishdek mas’uliyatli vazifani bajarish davomida asosiy e’tibor xavfsizlik, barqaror  rivojlanish, o‘zaro hurmat, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan davlatlararo  munosabatlarni yanada yaxshilashga qaratilgan, aniqrog‘i ShHT faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradigan bir qator takliflar ilgari surilganligiga amin bo‘ldik.

Ana shunday muhim takliflardan biri ShHT mintaqasida tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladigan, har tomonlama asoslantirilgan taklifdir.

Ushbu taklif zamirida “Shanhay ruhi” tamoyillari asosida birdamlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va sheriklikni mustahkamlashdek muhim bir vazifa mujassamdir.  

Sammit doirasida imzolangan 40 dan ortiq bitim, konsepsiya, dastur va boshqa qarorlar qabul qilindi, ular ShHT faoliyatining istiqbolli  yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni sifat jihatidan yangi amaliy mazmun bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.   

Muxtasar qilib aytganda Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitida qabul qilingan qarorlar ShHTga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish sohasida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishiga, "yashil" iqtisodiyot ulushini oshirish maqsadida xalqaro institutlar bilan faol muloqot o‘rnatishda barcha sa’y-harakatlarini birlashtirishiga, mintaqaviy darajada ham global miqyosda ham hamkorlikni mustahkamlashda munosib hissa qo‘shadi.

Kazbek Artikov,

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    342
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+