Mahallaning xotin-qizlarini ishli qilgan ishbilarmon ayol faoliyati o‘rganildi

20.09.2022, 15:56

Mahallaning xotin-qizlarini ishli qilgan ishbilarmon ayol faoliyati o‘rganildi

So‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Haqiqatdan ham ijtimoiy sohani amalga oshirish ya’ni xotin-qizlar masalasi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi.

Mazkur ayollar hayoti, turmushini yaxshilashga xizmat qiluvchi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda partiya va deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh a’zolari shakllantirilib, aniq vazifalar belgilab olingan edi.

O‘zLiDeP Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh va “Ayollar qanoti” guruhi faollari bilan birgalikda tumandagi Buyuk Turon MFYda joylashgan 665 ishchi o‘rniga ega “ROS tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati o‘rganildi.

Ishchi guruhi o‘rganishlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashda barchamiz mas’ulmiz!” mavzusidagi ochiq muloqotga ulanib ketdi.

Taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan muloqotda xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Bu borada partiya “Ayollar qanoti” tomonidan joylarda, ayniqsa eng chekka qishloqlarda “Ishbilarmon ayol”, “Bugunning tadbirkor ayoli”, “O‘zLiDeP ayollari – Yangi O’zbekiston bunyodkori!”, “Namunali tomorqachi ayol-farovonlik bunyodkori!”, “Bir deputat – yuz ayolga ko‘makchi!” kabi bir qator partiyaviy loyihalar amalga oshirilayotgani haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot so‘nggida 15 nafar xotin-qizlar partiyaga xayrixoh bo‘lib, uning saflarida birlashish istagini bildirdi.

  • Ko'rildi
    297
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+