Talaba qizlar partiyaviy loyihalar bilan tanishtirildi

20.09.2022, 16:02

Talaba qizlar partiyaviy loyihalar bilan tanishtirildi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi “Ayollar qanoti” va Qarshi tuman kengashlari hamkorligida Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultetida talaba-qizlar bilan muloqot tashkil etildi.

Tadbirda bo‘lim mudiri Gulbahor To‘rayeva “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlash, ularga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oila institutini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘zlab berdi. 

- Bugungi talabalar orasidan kelgusida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shadigan taniqli ishbilarmon yoki oilaviy tadbirkorlar yetishib  chiqishiga imonim komil, - deydi fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gulchehra Usmonova. – Talaba qizlarga partiyaning “O‘zLiDeP ayollari – Yangi O’zbekiston bunyodkori!” va boshqa loyihalari xususida batafsil ma’lumot berildi. Mamlakatimiz taraqqiyotini zamonaviy kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Yangilanayotgan diyorimizda innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda xotin-qizlarimiz ham alohida tashabbus ko‘rsatayotganliklarini alohida ta’kidlashni istardim. Xususan, biz tayyorlagan mutaxassislar vohamizning chekka hududlarida o‘quv markazlari ochishib, yosh qizlarga o‘ndan ortiq turli kasb o‘rganishlarida amaliy yordam berishayapti. Xorijdan uskunalar keltirib, ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yishayapti. Bu esa xotin-qizlarning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.  

Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilarga partiyaning dasturiy maqsadlarini targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatildi. 

Feruza MUSTAYEVA,

O’zLiDeP Qarshi tuman kengashi raisi o‘rinbosari,

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    412
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+