“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida nukuslik talaba yoshlar partiya kadrlar zahirasiga olindi

20.09.2022, 16:04

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida nukuslik talaba yoshlar partiya kadrlar zahirasiga olindi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan  islohotlar, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan ijobiy ishlar, shundan, yoshlarga va xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning ahamiyati, joriy yilning 8 avgust kuni qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati” to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaning oldini olish, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tishdi.

Yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish, oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, talabalarni siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash orqali partiyaning istiqbolli kadrlar zahirasini yaratish maqsadga muvofiqdir. 

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha vakillaridan tegishli javoblar oldi. Bundan tashqari fidoyi yoshlar  kadrlar zaxirasiga olindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    336
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+