Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi hamda Savdo sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida tadbirkorlar bilan muloqot tashkil qilindi. Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan 60 nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi.
Unda tadbirkorlikni yulga kuyish, rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar o‘rtaga tashlandi.
Jumladan, “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan “Muhammad Ali” MChJ rahbari Z.Abdullayev kichik sanoat zonasidan tadbirkorlar uchun garchi yer maydonlari ajratilgan bo‘lsa-da, hanuzgacha mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan tabiy gaz, ichimlik suvi hamda elektr energiyasi ta’minoti masalasi hal etilmaganligi va bu tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishga salbiy ta’sir etayotganligi ochiqlandi.
Muloqotda shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit mablag‘lari ajratish va yana boshqa bir qator muammolar hakida ham e’tirozlar bildirildi.
Muloqot jarayonida tadbirkorlardan kelib tushgan birorta murojaat etibordan chetda koldirilmadi. Har bir muammoning tegishliligiga qarab mutasaddi rahbarlarga ularni ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
-
Tajribali tadbirkor olotlik yoshlar bilan uchrashdi
14.09.2023, 11:37
-
Tadbirkor muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari haqida gapirdi
11.09.2023, 16:37
Fikringizni qoldiring