Mahalla xotin-qizlari uchun master klass tashkil qilindi

20.09.2022, 16:08

Mahalla xotin-qizlari uchun  master klass tashkil qilindi

O’zLiDeP Taxiatosh tuman Kengashi tashabbusi bilan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida tadbirkorlikka qiziquvchi xotin-qizlar uchun “Xalqlar do‘stligi” mahallasidagi "Textile shop Gulsara" MJCh ga sayohat tashkil qilindi.

Korxona rahbari Gulsara Atajanova tikuvchilik sexida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirar ekan, tikilayotgan  kiyimlar, buyurtmalar, tadbirkorlikning aynan tikuvchilik yo‘nalishiga qiziquvchi  qizlarga o‘z faoliyatini qanday boshlaganligi, kelgusi reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi.

Korxona rahbari bilan muloqot davomida partiya faoliyati, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalari, elektorat vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari bo‘yicha ham tushuntirish ishlarini olib bordi. 

Sex rahbari tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan yosh xotin-qizlarga o‘z kasbi bo‘yicha "master klass" o‘tkazdi.

Uchrashuvda xotin-qizlarimiz tadbirkorlik sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha  javoblar olishdi.

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    290
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+