Deputatlar sayyor qabulida quvasoylik fuqarolarning murojaatlari ijobiy yechim topildi

20.09.2022, 16:12

Deputatlar sayyor qabulida quvasoylik fuqarolarning murojaatlari ijobiy yechim topildi

Quvasoy shahar xalq qabulxonasida xalq deputatlari quvasoy shahar kengashi kotibiyati tashabbusi bilan navbatdagi "deputatlar sayyor qabuli" o‘tkazildi.

Qabulda OʻzLiDePdan saylangan shahar Kengashining deputatlari B.Usmonov, A.Kasimov, N.Mexmonov, F.Akbarovlar o‘zi saylangan okrug saylovchilarini qabul qildilar.

Deputatlar fuqarolarning sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr ta’minoti hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritishga oid murojaatlarni tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqdilar.

Xususan, qabul davomida fuqarolardan 17 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Ularning 13 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 4 tasi nazoratga olindi.

Ushbu murojaatlarni ijobiy hal qilish maqsadida deputatlar tomonidan tashkilot va korxonalarning mutasaddi rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

  • Ko'rildi
    106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+