ShHT Samarqand sammiti: «Yashil» va ekspress yo‘laklar – arzon oziq-ovqat mahsulotini yetkazib berishda qulaylik yaratadi

20.09.2022, 16:18

ShHT Samarqand sammiti: «Yashil» va ekspress yo‘laklar – arzon oziq-ovqat mahsulotini yetkazib berishda qulaylik yaratadi

Aholisi to‘q va farovon yashagan yurtda o‘sish, rivojlanish ham bir me’yorda kechadi. Chunki, bundan, avvalo, odamlar roziligi ta’minlanadi, umr ko‘rish yoshi uzayadi, mehnat unumdorligi ortadi. Ushbu jarayon aynan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Chunki oziq-ovqat xavfsizligi aholi ehtiyojini fiziologik me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan ta’minlashni nazarda tutadi.

Biroq keyingi paytda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi aholi soni va ehtiyojlarining ortishidan orqada qolayotgani, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi hamda qayta ishlash sanoati rivoji uchun yetarli sharoit mavjud bo‘lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotgani tashvishlanarlidir.

Davlatimiz rahbari ShHTning Samarqand sammitida aynan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratar ekan, Tashkilotga a’zo mamlakatlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchilari, eksport va import qiluvchilari bo‘lishiga qaramasdan, ShHT doirasida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha hali jiddiy hamjihatlik yo‘lga qo‘yilmaganini aytib o‘tdi. Biroq, hamkor mamlakatlarning ichki bozorlarni boshoqli ekinlar, chorvachilik va meva-sabzavot mahsulotlari, asosiy oziq-ovqat turlari hamda zarur o‘g‘itlar bilan muntazam ta’minlash uchun salohiyati yetarli. Shu bois, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning umumiy tamoyillari va yondashuvlarini ishlab chiqish, unda  mavjud normativ-huquqiy bazani yaqinlashtirish, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish va yangiliklarni joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni qo‘llash zarurligiga urg‘u berildi.  

Aytish kerakki so‘ngi 5 yil ichida hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligida ham klasterlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, kam hosilli paxta yerlarining qisqartirilib, o‘rniga oziq-ovqat mahsulotlari: dukkakli, sabzavot va poliz ekinlari ekilishi, respublika miqyosida barcha hududlarning oziq-ovqat yetishtirish bo‘yicha tor sohalarga ixtisoslashtirilganligi, shuningdek, aholining dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, har tomonlama rag‘batlantirish, manfaatdorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora tadbirlar tom ma’noda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda ham ijobiy natijalarga erishmoqda.

ShHTning O’zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va samarali transport yo‘laklarini yaratish konsepsiyasini qabul qilgani esa bu yo‘nalishda katta imkoniyatlarga yo‘l ochilishini bildiradi. Xususan, sammit doirasida Xitoy–Qirg‘iziston–O’zbekiston temir yo‘li qurilishi to‘g‘risida uch tomonlama bitimning imzolanishini aynan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash dasturlariga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’minotning muvofiqlashtirilgan sxemalarini shakllantirishga, yuqori sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun samarali logistika, "yashil" va ekspress-yo‘laklarni tashkil etishda qo‘l keladi.

Jamoliddin Meliboyev,

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparat rahbari.

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    151
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+