Deputatlik eshituvi: Marhamat tumanida Xalq banki hamda soliq inspeksiyasi tomonidan olib borilgan ishlar muhokama qilindi

21.09.2022, 11:40

Deputatlik eshituvi: Marhamat tumanida Xalq banki hamda soliq inspeksiyasi tomonidan olib borilgan ishlar muhokama qilindi

Dastlab deputalar Marhamat tuman Xalq banki mas’ul rahbarining hisobotini tinglashdi. Hisobotga ko‘ra, Xalq banki tomonidan 2022 yil davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan “Har bir oila tadbirkor dasturi” asosida 2022 yil davomida jami 933 nafar jismoniy shaxslarga 16 mlrd. 580 mln so‘m miqdorida turli yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini yuritishlari uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Kun tartibining keyingi masalasi bo‘yicha Marhamat tuman soliq inspeksiyasi mutassadi rahbarining axboroti eshitildi.

Hisobotga ko‘ra 2022 yil yanvar oyidan boshlab, Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi 50 foizga qisqartirilib, oylik to‘lovi bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobaridan yarim barobariga tushurildi. Buning natijasida, ro‘yxatdan o‘tgan Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshishiga erishildi. Imtiyozlardan foydalanish maqsadida murojaat qilish tartibining elektron shakli joriy qilinishi natijasida, tizimda keng qulaylik yaratildi. Jumladan, 2022 yilning o‘tgan 8 oyi davomida 165 nafar fuqaro tomonidan daromad solig‘idan imtiyozdan foydalanish bo‘yicha elektron murojaatlar kelib tushgan va ushbu fuqarolarga 231.6 mln so‘m  imtiyozlar qo‘llanilgan.

Shuningdek, o‘rganishlar natijasida 96 nafar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmadi.

Bundan tashqari aylanmadan olinadigan soliqni — tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan shakllantirilgan elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish joriy etildi.

Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar o‘z takliflari va fikr-mulohazalarini bildirishdi, aniqlangan ba’zi muammolarni oshkor qildilar. Eshituv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.

Odinaxon Turg‘unova,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashidagi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari

 bilan ishlash bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    576
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+