Qonliko‘llik mahalla xotin-qizlari orasida sport musobaqasi o‘tkazildi

22.09.2022, 16:07

Qonliko‘llik mahalla xotin-qizlari orasida sport musobaqasi o‘tkazildi

Ma’lumki, yurtimizda xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida O’zLiDeP Qonliko‘l tuman Kengashi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda mahalla xotin-qizlari orasida sportning voleybol turi bo‘yicha musoboqa tashkil qilindi.

Maqsad esa sog‘lom turmush tarzini  shakllantirish va hayotga tatbiq etish, xotin-qizlarni jismoniy tarbiya hamda sportga keng jalb qilish orqali onalar sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga hissa qo‘shish, aholiga, ayniqsa ayollarning o‘z sog‘ligiga nisbatan mas’uliyatni kuchaytirish hamda ommaviy sport turlarini yanada   rivojlantirishdan iborat.

Keyingi yillari davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan barcha sohalar singari sport sohasini isloh etishga ham katta e’tibor qaratilmoqda, - deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi  Q.Yeshmuratov.

Aholini muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb etish maqsadida  Prezidentimizning “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan  taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmon loyihasining  to‘rtinchi “Adolatli  ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishi”da ham jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 2026 yilda 33 foizga chiqarish kerakligi qayd qilingan.

O’ziga xos murosasiz bahslarda kechgan uyinda 4 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

Natijada esa tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+