Deputatlar tashabbusi bilan yoshlar uchun biznes sayohat tashkil etildi

22.09.2022, 16:08

Deputatlar tashabbusi bilan yoshlar uchun biznes sayohat  tashkil etildi

Bugungi kunda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, xususan, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Navqiron avlod tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda respublikamizda tashkil etilayotgan “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzarlari” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boisi, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini egallagan yoshlar mustaqil ravishda biznes faoliyatlarini boshlashmoqda.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari O.Babaxanov, G’.Babaxanov va Q.Dadabayevlar tashabbuslari bilan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Namangan viloyat filiali bilan hamkorlikda “Art Soft Holding” kompaniyasida Namangan shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi talabalari uchun “Biznes sayohat” tashkil qilindi.

Talabalar korxonaning momiq sochiq ishlab chiqarish faoliyati batafsil tanishishdi. Korxona mutaxassilari tomonidan ularga kompaniya misolida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va uni samarali faoliyat olib borishini ta’minlash yo‘nalishlari amaliy misollar bilan tushuntirib berildi. Sayohat davomida talabalar tomonidan ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislardan to‘liq javob oldilar.

- Talabalarimizni bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi, ularning aksariyatida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini kuchaytirib, ular kasb-hunar maktabida olayotgan nazariy bilimlarini amaliyotda ko‘rishmoqda, - deydi Namangan shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi Sh.Sotvoldiyev.

Albatta bu kabi amaliy sayohatlar talabalarda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish bilan birga, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradi.

  • Ko'rildi
    414
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+