ShHTning Samarqand sammiti talabalar orasida targ‘ib qilinmoqda

22.09.2022, 16:10

ShHTning Samarqand sammiti talabalar orasida targ‘ib qilinmoqda

Joriy yilning 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida yirik xalqaro anjuman – Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro tadbirning mamlakatimiz, qolaversa, Tashkilotga a’zo hamda kuzatuvchi davlatlarning hamkorlik aloqalarida tutgan o‘rni, Samarqand sammitining o‘ziga xos xususiyatlari hamda tarixiy ahamiyati bo‘yicha O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan barcha  qo‘yi bo‘g‘inlarda, deputatlar, elektorat  vakillari va partiya faollari orasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Ana shunday targ‘ibot tadbiri O’zbekiston davlat Konservatoriyasi Nukus filialida bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi N.To‘remuratova, dirijyor, kompozitor professor Hikmat Radjapov va konservatoriyaning talaba yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar, energetika, transport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zi qamragan  mintaqada  tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash Tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari biri ekanligini alohida e’tirof etdi. Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbari boshchiligida keng mintaqaviy va xalqaro hamkorlikka yo‘naltirilgan faol, ochiq va pragmatik tashqi siyosatining yana bir yorqin namoyishi bo‘ldi.

Sammit doirasida 40 dan ortiq hujjatlarning qabul qilinganligi   ShHT faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni sifat jihatidan yangi amaliy mazmun bilan to‘ldirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, O’zbekistonning kelasi yili umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida “Samarqand birdamlik tashabbusi” xalqaro forumini o‘tkazish taklifi ishtirokchilar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilarning fikrlari bilan davom etdi. Mazkur mazmundagi uchrashuv joylarda davom etmoqda.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    324
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+