Quyi bo‘g‘inlarda davlatimiz rahbarining ShHT Samarqand sammitidagi nutqi mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda
22.09.2022, 16:11

Bugun mamlakatimizda fuqarolarning hayotini faravonlashtirish, olib borilayotgan xalqchil islohotlar orqali o‘z amaliy ifodasini topmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni aholi orasida targ‘ib etish, aholini yurtimizda va dunyoda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi tashabbusi bilan joylarda "Yangi O’zbekiston — yangicha dunyoqarash" shiori ostida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday ezgu maqsad bilan tumandagi Axborot kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda“Ma’naviyat soati” tashkil etildi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ShHT Samarqand sammitidagi nutqi, uning xalqaro miqyosdagi tarixiy ahamiyati, erishilgan yutuqlari to‘g‘risida O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov ma’ruza qildi.
Tadbirda qayd etildiki, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng Prezidentimiz nutq so‘zlab, bir qator masalalar barobarida quyidagi taklarni bildirdi. Xususan, ShHT doirasida universitet rektorlari forumi, madaniyat va turizm kunlari, qo‘shma sport tadbirlari va universiadalar singari qo‘shimcha formatlarni ta’sis etish zarurligi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’z navbatida Prezidentimiz tomonidan bu kabi tashabbuslarni ilgari surilganligi, sammit ishtirokchilari tomonidan takliflarni qo‘llab quvvatlanganligi kelajakda yoshlarimizning ta’lim, sport, madaniyat va barcha sohalarda ulkan marralarga erishishlariga zamin bo‘ladi.
Akmal Mirzoyev,
O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi
10.11.2023, 15:52
-
Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda
25.10.2023, 12:03
-
Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi
23.10.2023, 16:04
-
Tadbirkorlik sub’ektida partiyaning yangi quyi bo‘g‘ini ish boshladi
10.10.2023, 17:09
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
Fikringizni qoldiring