ShHT yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi

22.09.2022, 16:12

ShHT yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi

O’zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi va Ohangaron shahar Kengashi bilan hamkorlikda yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Ohangaron shahridagi yoshlar texnoparkida o‘tkazilgan tadbirda dunyoning eng yirik tashkilotlaridan bo‘lgan ShHTning navbatdagi Samarqand sammitida ko‘tarilgan dolzarb masalalar, O’zbekistonning uzoqni ko‘zlab kiritgan taklif va tashabbuslari borasida qizg‘in suhbat bordi.

Ayniqsa, sammitda O’zbekiston tomonidan yoshlarning ekstremistik tashkilotlarga jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli nosog‘lom mafkuralarga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilish taklif etilgani ham ularni asrash, xatarlarga to‘la dunyoda xavfsiz, osoyishta hayot kechirishlarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan xayrli tashabbus ekani ta’kidlandi.

Dunyoda radikalizmning o‘sishi xavfli tendensiyaga aylanayotgan hozirgi sharoitda bu ayniqsa muhim ekanligi uqtirildi.

Samarqandda o‘tgan ShHT sammiti o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar, energetika, transport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zi qamragan mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash singari Tashkilotning asosiy maqsad va vazifalarini to‘la ro‘yobga chiqara olgani bilan ahamiyatli bo‘lgani qayd etildi.

Pandemiyaning murakkab oqibatlari va yangi xavf-xatarlarga qaramay, O’zbekistonning ShHTga raisligi rejasi to‘liq bajarilgani mamlakatimiz dunyo davlatlari orasida o‘zining mustahkam o‘rni va ovoziga egaligi, unda olib borilayotgan siyosat to‘g‘ri ekanidan dalolat berishi ta’kidlandi.

ShHT ishtirokchilari tomonidan O’zbekiston takliflarini qo‘llab-quvvatlanganligi kelajakda yoshlarimizning ta’lim, sport, madaniyat va barcha sohalarda ulkan marralarga erishishlariga zamin bo‘lishi tushuntirildi .

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    293
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+