O'zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan mahorat darsi tashkil etildi
23.09.2022, 17:01

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 56- va 57-maqsadlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Hamshiralik ishi” bo‘yicha o‘quv- kurslari talabalari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlar ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.
O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” hamda “Tadbirkor ayol” O’zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat hududiy bo‘limida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘in hamkorligida tashkil qilindi.
Tadbir davomida partiya “Ayollar qanoti” faoli Subhiya Mavlyanova bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish, ularga muolajalarni qay tartibda amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi.
O'xshash yangiliklar
-
Ishchi guruh o‘rganishi: Hazoraspda 359 nafar xotin-qizlar imtiyozli kreditlar olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan
01.12.2023, 15:20
-
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
01.12.2023, 15:14
-
Xotin-qizlarimiz mehnat qilishi uchun munosib sharoitlar yaratib berilmoqda
28.11.2023, 15:46
-
Partiya “Ayollar qanoti” vakillari oilaviy tadbirkorligini boshlagan tadbirkor xonadonida bo‘ldi
27.11.2023, 18:04
-
Ohangaron tumanida O’zLiDeP Ayollar qanoti bog‘i barpo etildi
27.11.2023, 18:00
Fikringizni qoldiring