“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida namanganlik talaba yoshlar bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

23.09.2022, 17:03

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida namanganlik talaba yoshlar bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Namangan davlat universitetida ochiq muloqot tashkil qilindi.

So‘z olgan partiya vakillari partiyaning maqsad va vazifalari, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

Ayniqsa, partiya tavsiyasi bilan davlat boshqaruvi idoralarida ishlayotgan tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, deputatlar faoliyati haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Muloqotda faol ishtirok etgan 50 dan ortiq talabalarning ikki  nafari amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritildi, 8 nafar talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

Eldorbek JURAYEV,

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    234
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+