Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi!

26.09.2022, 17:07

Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi!

O’zbekistonda inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Xalqaro Mehnat tashkiloti bilan faol hamkorlik qilib, 14 ta, jumladan, 8 ta asosiy konvensiyasi, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir konvensiyalari ratifikatsiya qilindi.

Shuningdek, “Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risida”gi va “Eng kichik yosh to‘g‘risida”gi Konvensiyalar ratifikatsiya qilingan bo‘lib, bolalar mehnati – bolalarni bolaligidan, insoniy qadr-qimmatidan, intelektual salohiyatini rivojlantirish imkoniyatidan mahrum qiluvchi hamda jismoniy va aqliy rivojlanishiga zarar yetqazuvchi ishlar hisoblanishini inobatga olgan holda Mehnat kodeksi va hukumatimizning qonun va qarorlari davlatimizda bolalar huquqini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatimizda fuqarolarni, turli soha xodimlarini, xususan talabalar va ta’lim muassasalari o‘quvchilarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar ko‘rish belgilab qo‘yildi.

Hususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslarida voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlagan shaxs ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.

Oxirgi yillarda O’zbekistonda bolalar mehnatiga qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatlarni bir necha omillar ta’minlamoqda va ko‘rilayotgan choralar mamlakatimizda bolalar mehnatining har qanday shakllariga barham berishda o‘z samarasini bermoqda.

Bolalar mehnatiga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, shubhasiz, O’zbekistondagi islohotlar muvaffaqiyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakatning xalqaro nufuzi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti sur’atlari o‘sishiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jamshid Jalolov,

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

yoshlar bilan ishlash bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    782
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+