Popda aholi bandligini ta’minlash hamda nafaqalar tayinlash borasidagi ishlar tahlil qilindi

26.09.2022, 17:42

Popda aholi bandligini ta’minlash hamda nafaqalar tayinlash borasidagi ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Pop tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, partiya faollari va kun tartibidagi masala yuzasidan hisobot beruvchi tashkilotlar  vakillari ishtirok etdilar. 

Deputatlik guruhi yig‘ilishida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Pop tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassisi X.Muhiddinov hamda joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida kam ta’minlangan oilalarga, moddiy yordam, bolalar nafaqalarini tayinlash bo‘yicha tushgan murojaatlar yechimi bo‘yicha tuman Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi katta inspektori M.Xushnazarovning hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilish qaroriga asosan deputatlar mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlarini qoniqarli deb topishdi. Yig‘ilish savol-javoblarga boy, muzokaralar tarzda o‘tdi.

  • Ko'rildi
    186
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+