Ayol baxti – jamiyat baxti

26.09.2022, 17:44

Ayol baxti – jamiyat baxti

O’zLiDeP Samarqand viloyat va Toyloq tuman Kengashi tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Farovon oila” loyihasi doirasida “Ayol baxti – jamiyat baxti” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat “Oqila ayollar” harakatining rahbari Jamila Sayfiddinova so‘zga chiqib, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, deputatlar, psixologlar, tajribali mahalla oqsoqollari, keksa avlod vakillari, namunali oilalar ishtirokida maslahatlar berish, xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik, giyohvandlik va suitsidlarning oldini olish, ayollarning manfaatlarini har tomonlama himoya qilish yuzasidan tadbirlarni muntazam tashkil qilib borish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, qator ma’ruzachilar o‘z fikr-mulohazalarini yuritib, yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida bo‘lish masalalarini hamda «Oila — muqaddas» tushunchasini keng targ‘ib qilish, xotin-qizlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, ularga qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirish lozimligini ta’kidladilar.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin egallagan masalalar bo‘yicha tadbir ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirishdi.

Marxabo Chuliyeva,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    357
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+