Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida 20 ga yaqin murojaat bildirildi

26.09.2022, 17:54

Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida 20 ga yaqin murojaat bildirildi

Bulung‘ur meva-sabzavot MChJ korxonasida O’zLiDeP Samarqand  viloyat Kengashi, Bulung‘ur tuman hokimligi bilan hamkorlikda "Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti" forumi tashkil etildi.

Dastavval tadbir ishtirokchilari Bulung‘ur meva-sabzavot MChJ korxonasi faoliyati bilan tanishdilar.

Forumni Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov ochib berdi va tumanda amalga oshiridadigan loyhalar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va Deputatik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri N.To‘rayev Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tadbir ishtirokchiligiga tushunchalar berdi.

Uchrashuvda masalalarni joyida hal etilishi uchun tumandagi tashkilot rahbarlarining ishtiroki ta’minlandi hamda ko‘tarilgan masalalarni joyida ijobiy hal qilish va muammolarni hududiga qarab deputatlarga biriktirib berildi.

Shundan so‘ng tadbirkorlar va o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Xususan, “Axmad obod” xususiy korxonasi rahbari Gulchexra Mamatova qop ishlab chiqarish  uchun kredit olishda amaliy yordam so‘radi, mazkur masala tuman hokimligi tomonidan yechim topiladigan bo‘ldi. Tadbirkorlarga uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash borasidagi murojaatga Bulung‘ur tuman elektr korxonasi rahbari amaliy yordam beradigan bo‘ldi.

Mazkur murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechim topilishiga alohida e’tibor qaratildi va nazoratga olindi. Ba’zi muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi. 

Sunnatulla Kayumov,

O’zLiDeP Bulung‘ur tumani kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

  • Ko'rildi
    217
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+