“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida 10 nafar yoshlar kadrlar zaxirasiga olindi

27.09.2022, 16:40

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida 10 nafar yoshlar kadrlar zaxirasiga olindi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasining navbatdagisi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tashkil qilindi.  

 Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi bosh maslahatchisi N.Qutlimuratova,  partiyaning Nukus shahar Kengashi apparat rahbari B.Adilchayev va boshqalar so‘nggi yillarda davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib  borilayotgan ijobiy ishlar, yoshlarga va xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, Prezidentimiz tomonidan  qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Yosh istiqbolli kadrlarni topish, malakasini oshirish va davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda jamoat tashkilotlariga tavsiya etish, hududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilaridan amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta o‘qitish va pirovard natijada zamonaviy rahbarlar tayyorlash tizimini yaratish va muvofiqlashtirishdan iborat.

Ushbu ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan shijoatli yigit-qizlar yaqin yillarda malakali rahbar-kadrlarga aylanish barobarida, minglab yoshlarni o‘zlarining ezgu g‘oyalari ortidan ergashtirishi va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.

Uchrashuv davomida loyiha doirasida ta’lim dargohidagi 10 ga yaqin faol tashabbuskor talaba yoshlar kadrlar zaxirasiga olindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+