«Endi tomimizdan chakki o‘tmaydi»

27.09.2022, 16:44

«Endi tomimizdan chakki o‘tmaydi»

O’zLiDeP hududiy kengashlari deputatlarining xayrli ishlari soni ko‘paymoqda. Bugun ular ehtiyojmand kishilarning muammosini hal qilish, ularga yelkadosh bo‘lib, masalasiga yechim izlashdek amaliy ishlarga o‘tmoqdaki, natijada saylovchilarning ham bundan mamnunligi ortmoqda.

Xususan, O’zLiDeP Sho‘rchi tuman Kengashi 17-Joyilma saylov okrugidan saylangan deputat  M.Salomov yaqinda “Joyilma” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan shaxslarning muammolarini o‘rgandi. O’rganishlar davomida hududda yashovchi M.Choriyeva va I.Toshboyevalar yashash  uyining ta’mirtalab bo‘lib qolganini aytib, deputatga murojaat qilishdi. Bu yog‘i qish yaqin, yog‘ingarchilik mavsumida uyning  tom qismidan doim suv o‘tib, aziyat chekishlarini aytib, ushbu muammoni bartaraf etish uchun deputatdan yordam so‘rashdi.

Deputat  M.Salomov  murojaatchilarning yashash uyini borib, ko‘zdan kechirdi. Shundan so‘ng, Mahbuba Choriyevaga 35 dona, Iroda Toshboyevaga esa homiylik asosida 40 dona shifer olib berdi. Bundan tashqari, deputat o‘z tashabbusi bilan mahalladagi 1 kilometrlik ta’mirtalab ichki ko‘chaga ham tosh yotqizdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    296
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+