Sog‘liq bo‘lsa, hamma narsa bo‘ladi

27.09.2022, 16:46

Sog‘liq bo‘lsa, hamma narsa bo‘ladi

O'zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Termiz shahridagi Surxon sport majmuasida sportning badminton turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. «Sport va yoshlar» loyihasi doirasida o‘tkazilgan musobaqada yoshlar yakka holda belashishdi.

Bahslarda qo‘li baland kelgan yigit-qizlar g‘olib sifatida tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Faylasuf A.Shopengauerning shunday so‘zlari bor:  «Bizning baxtimiz 10 dan 9 qismi sog‘ligimiz bilan bog‘liq. Sog‘liq bo‘lsa, hamma narsa bo‘ladi. Usiz hech qanday katta farovonlik ham rohat bag‘ishlamaydi. Hatto aql sifati ham kasallik holati natijasida kamayadi». Faylasufning fikrida jon bor. Qolaversa, sport bilan shug‘ullanish yoki sport o‘yinlarini tomosha qilish jarayonida jamiyat qadriyatlari shaxs qadriyatlariga aylanib boradi. U kishida tashabbuskorlik, kurashuvchanlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantiradi.  Shu ma’noda bugun partiya tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan sport o‘yinlaridan ko‘zlangan maqsad ham o‘g‘il-qizlarni sportga oshno qilishdir. Zero, tanasi chaqqonlikda sinalgan yoshlar sog‘lom fikrlaydi, o‘ziga ishonchi ortib, jamiyatda borligini, unda o‘z o‘rnini topishi kerakligini his qiladi.

Mansur Abduqodirov,

O'zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    858
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+