Deputat tashabbusi bilan mahalla hududlaridagi ichki ko‘chalar asfaltlashtirib berilmoqda

27.09.2022, 16:47

Deputat tashabbusi bilan mahalla hududlaridagi ichki ko‘chalar asfaltlashtirib berilmoqda

Xalq deputatlari Bog‘dod tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Shermuxammad Xoldarov ham har qanday masalada xalq bilan birga bo‘lib, saylovchilar ishonchini oqlashga, elektorat vakillariga yelkadosh bo‘lishga intilyapti.

Har doim saylovchilar ishonchini oqlashga harakat qiladigan deputat bu safar yana bir savobli ishga qo‘l urdi.

Yaqinda partiyamiz vakiliga Bog‘dod tumani “Irgoli” va “Kugoli” mahalla fuqarolar yig‘inlarini ichki ko‘chalarida asfaltlashtirish kerakligi bo‘yicha mahalla aholisi vakillari amaliy yordam so‘rab murojaat etgandi.

Deputat o‘zi va tegishli tashkilotlar xodimlari bilan birgalikda ishga kirishib ketdi. Hozirgi kunda mahalla fuqarolar yig‘inidagi 700 metr masofadagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilib, 1 km masofadagi yo‘llarda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Haqiqatdan ham har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligini unutmasligimiz kerak. Zero,  inson manfaatlari hamma narsadan ustundir.

  • Ko'rildi
    446
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+