Deputatlik eshituvi: Pensiya jamg‘armasi Andijon viloyati boshqarmasi faoliyati tahlil qilindi

28.09.2022, 15:53

Deputatlik eshituvi: Pensiya jamg‘armasi Andijon viloyati boshqarmasi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nozim Abdug‘apparovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, pensiya jamg‘armasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatdagi 393 ming nafar fuqarolarga har oyda pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun oylik talabnomalarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi hamda oyma-oy to‘liq to‘lanishi ta’minlanib, bu maqsadlarga Pensiya jamg‘armasi hisobidan 2 trln 677 mlrd. so‘m va Respublika budjeti hisobidan 276.6 mlrd.so‘m mablag‘ harajat qilindi.

2022 yil 1 yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 378 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2022 yil 1 sentabr holatiga 393 ming kishini tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 15 ming kishiga yoki 103.9 %ga ortib, aholi sonidagi ulushi 12 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, Prezidentning 2022 yil 29 apreldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga asosan, 2022 yil 1 maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshirilgan holda yangi miqdorlarda to‘lanishi ta’minlandi.

-Pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtirish bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” dasturiy majmuasi va barcha tijorat banklari axborot tizimlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi, -deydi N.Abdug‘apparov. - Pensiya va nafaqa oluvchilarga xisoblangan pensiya (nafaqa) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali bilish uchun “pensiyauzbot” boti amaliyotga joriy etildi va 60 mingdan ortiq fuqarolar foydalanmoqda.

Yig‘ilish davomida mutasaddiga deputatlar tomonidan sohaga oid ko‘plab savollar berildi. Taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mutasaddining hisobotini qoniqarli deb topgan deputatlar, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

  • Ko'rildi
    488
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+