O'zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari amalda

28.09.2022, 16:09

O'zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari amalda

O'zLiDePning “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi ijrosini ta’minlash maqsadida partiya Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti”ning sog‘liqni saqlash tizimidagi bir qator tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlari o‘z amaliy natijasini berib turibdi.

Ushbu hamkorlik doirasida Buxoro shahridagi Sabohat Davronova rahbarlik qilayotgan "Tadbirkor biznes tsentr" kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kasb-hunar o‘quv markazi hamda ushbu markaz huzuridagi “Mehrigiyo Med-Shifo” MChJ kunduzgi davolash bo‘limida “Jismoniy va ma’naviy kamolot uyg‘unligi – sog‘lom va farovon turmush garovi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Ta’kidlanganidek, ushbu o‘quv markazida o‘tgan davr mobaynida mingdan oshiq yoshlar sohaga oid turli mutaxassisliklar bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘ldilar. E’tiborlisi, markaz bitiruvchilarining aksariyati tibbiyot yo‘nalishida bilim olayotgan oliy va o‘rta ta’lim muassalari yigit- qizlari hamda MFYlardigi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlardir.

Tadbir yakunida o‘quv markazini muvaffaqiyatli bitirgan 40 nafarga yaqin tinglovchilarga O'zLiDeP viloyat Kengashining tashshakurnomalari hamda tegishli darajadagi Diplom va sertifikatlar topshirildi. Endilikda 7 nafar bitiruvchi xotin-qizlar ushbu klinikada doimiy ish bilan ta’minlanadi, 4 nafar bitiruvchi ayollar esa kundalik daromadga ega bo‘lish imkonini beradigan xususiy klinikada o‘z faoliyatlarini davom ettiradigan bo‘lishdi.

  • Ko'rildi
    324
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+