Deputat sa’y-harakati bilan Uzunqishloqda yangi yo‘l qurishga kirishildi
28.09.2022, 16:26

Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida izchil davom etayotgan yangilishlar jarayoniga partiyadoshlarimiz, ayniqsa, deputatlarimiz munosib hissa qo‘shishga harakat qilishmoqda.
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Alisher Ahmedovni Shirin qishloq fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi aholi jonkuyar, fidoiy inson sifatida yaxshi bilishadi. Maslakdosh deputatimiz partiyaviy vositalar bilan mahalla hududidagi bir qancha muammolarni bartaraf etib, ko‘pchilikning hurmatini qozongan deputatlarimizdan biri.
Ayni kunlarda deputat tashabbusi bilan Uzunqishloq hududida 1 kilometrlik beton yo‘l qurilishi qizg‘in boshlab yuborildi. Odamlar og‘irini yengil qiladigan, qolaversa qishloq ko‘rkiga ko‘rk bo‘lib tushadigan mazkur yo‘l atrofida bir qator bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Primqul Nurmatov,
O‘zLiDeP Zomin tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Qashqadaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha mas’ullarning axboroti tanqidiy ko‘rib chiqildi
28.09.2023, 12:09
-
O’zLiDeP deputatlari sessiyaga daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalasini kiritdi
25.09.2023, 16:21
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
Fikringizni qoldiring