Deputatlar Nukus shahridagi mahallalarda olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandi

28.09.2022, 16:31

Deputatlar Nukus shahridagi mahallalarda olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandi

Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash, ularni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, “inson qadri” tamoyili asosida har bir insonning hayotdan rozi bo‘lib yashashi yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Prezident Sh.Mirziyoyev joriy yilning 23-24 fevral kunlari hududlardagi olib borilayotgan ishlar, yirik loyihalar va aholining turmushi bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga  safari davomida “Inson qadri” tamoyili asosida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari  davomida Nukus shahridagi bir qator fuqarolar yig‘inlariga borib, hududlardagi qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishgan edi.

Bu borada esa bugungi kunda Nukus shahridagi 28 ta mahalla “Og‘ir hududlar” qatoriga kiritilgan bo‘lib, hududlarning infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l, ichimlik suvi, gaz va elektr ta’minoti kabi muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda Nukus shahridagi “Anasay” mahalla fuqarolar yig‘inida 1165 ta xo‘jalikda 4 ming 600 dan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Nukus shahridagi ichki yo‘llari og‘ir bo‘lgan mahallalar hududida yo‘llarni joriy ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkillashtirish uchun mahallalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari biriktirilgan edi.

Mazkur mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Anasay” mahallasiga biriktirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi rahbari  Sh.O’temisov, O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari K.Artikovlar mazkur mahallada bugungi kunda ko‘chalarni asfaltlash va ЩPS yotqizish ishlarining sifatini ko‘zdan kechirdi va doimiy deputatlik nazorati olib borilishi bildirildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    277
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+